Abiturientlar uchun eslatma
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 avgustdagi 207-sonli buyrug’iga asosan 2021/2022 o’quv yili uchun Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul muddati 2021 yilning 10 sentyabr oyigacha(shu kuni ham) uzaytirildi.
2021/2022 o’quv yiliga ro’yhatdan o’tish onlayn tarzda amalga oshiriladi:
Barcha hujjatlarni yagona ZIP papkaga jamlanib, ordinatura.qabul2021@mail.ru yoki fmioz@mail.ru elektron manziliga yuborilishi lozim.
Hujjatlarni qabul qilish 2021 yilning 10 sentyabr sanasigacha soat 18:00 ga qadar davom etadi.
Hujjatlarni to`g`ri topshirilgan taqdirda Sizning elektron pochtangizga “Tasdiqlash xati” yuboriladi.
“Tasdiqlash xati”da Sizga shaxsiy raqam (ID) yuboriladi. Hamda, kirish imtixonlari sanasi, vaqti va o`tkazilish joyi ko`rsatiladi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo’yicha test sinovlari;
Ikkinchi bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Qo`shimcha ma`lumot uchuninstitutrasmiy web saytidan www.fjsti.uz “Klinik ordinatura” (Qabul 2021) sahifasidan va qabul komissiya CALL – markazidan olishingiz mumkin.