Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Eslatma

Bosh sahifa

Eslatma

Eslatma

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar

ROʻYXATI

 

Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati) ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev huzurida 2020 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.

2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi OTMlari MAGISTRATURA uchun davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

Jadvalni yuklab olish.

MAGISTRATURAGA O‘QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!

 

Magistraturaga onlayn ro'yxatdan o'tish bo'yicha yo'riqnoma
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.
Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o‘zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida O‘ZI bugungi kunda YaShAB TURGAN hududni belgilashi TAVSIYa ETILADI.
Shundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib o‘tishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.
2022/2023 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati. Ro'yxatni yuklab olish          
 MAGISTRATURAGA QAYSI FANLARDAN IMTIHONLAR BO‘LADI?
27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan magistratura bosqichining kirish imtihonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha).
Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi.
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:
- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha.