Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Jamoat salomatligi sog`liqni saqlashni tashkil etish, boshqarish va sport kafedrasi

Bosh sahifa

Jamoat salomatligi sog`liqni saqlashni tashkil etish, boshqarish va sport kafedrasi

Jamoat salomatligi sog`liqni saqlashni tashkil etish, boshqarish va sport kafedrasi

   Kafedra dastlab “Gigiena” kafedrasi nomi bilan Farg‘ona davlat universitetining (FDU) “Tibbiyot markazi” qoshida FDU Ilmiy Kengashining 1993 yil 29 sentabrdagi 110-sonli qarori va universitet rektorining 1994 yil 12 dekabrdagi 512-L- sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilib, unga t.f.n., dotsent B.M.Mamatqulov rahbarlik qilgan. Kafedrada “Umumiy, radiatsion va harbiy gigiena”, “Ovqatlanish gigienasi”, “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”, “Kommunal gigiena”, “Mehnat gigienasi”, “Tibbiyot tarixi”, “Biostatistika” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borilgan. Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot instituti (2-TDTI) qoshida Farg‘ona filiali tashkil etilganidan so‘ng, 2-TDTIning 1998 yil 12 avgustdagi 77-sonli va Farg‘ona filialining 1998 yil 20 avgustdagi buyruqlariga asosan “Gigiena” kafedrasi tarkibidan “Gigiena 1” va “Gigiena 2” kafedralari ajralib chiqdi hamda “Gigiena 1” kafedrasiga t.f.n., dotsent B.M. Mamatqulov kafedra mudiri etib ta’yinlandi, keyinchalik mazkur kafedra “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigienasi, ijtimoiy gigiena va sog‘lig‘ini tashkil etish” kafedrasi deb atala boshlandi. Oradan uch yil vaqt o‘tgandan so‘ng, filial direktorining 2001 yil 16 iyuldagi  46-S buyrug‘iga binoan, t.f.n. dotsent E.Z.Isoqov “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigienasi, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” kafedrasi mudiri etib ta’yinlandi.Mazkur kafedra 2006-2012 yillarda “Gigiena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash” kafedrasi deb atalib, unda t.f.d. professor. SH.S.Baxritdinov kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordi. O‘tgan 2012-2013 o‘quv yilining boshidan mazkur kafedraga tibbiyot fanlari doktori E.Z. Isoqov rahbarlik qilib, kafedrada “Tibbiyot tarixi”, “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish”, “Ovqatlanish gigienasi”, “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”, “Jamoada hamshiralik ishi” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borildi.Kafedra mudiri t.f.d. E.Z. Isoqovning 2014-2015 o‘quv yilining boshidan filial direktorining o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tishi munosabati bilan mazkur kafedraga katta o‘qituvchi SH.A. Normatova rahbarlik qildi.O‘tgan 2017-2018 o‘quv yilining boshi va 2019-2020 o‘quv yilining oxiriga qadar t.f.d. E.Z. Isoqov “Gigiena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash kafedrasi”ga rahbarlik qildi.Tarixan qisqa davr orasida kafedrani kadrlar bilan ta’minlash, uning-moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida bir muncha ishlar amalga oshirildi. Kafedrada o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot  ishlari yo‘lga qo‘yildi.Kafedrada ‘rofessor-o‘qituvchilari orasidan 2 ta fan doktori va 2 ta tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasi himoya qilindi. 
Kafedrada Bakalavriat va Magistratura yo`nalishlari uchun  quyidagi fanlar o‘qitiladi: 
1. Jamoat salomatligi sog’liqni saqlashni boshqarish
 2. Tibbiyot tarixi
 3. Valeologiya
 4. Bioetika
 5. Ilmiy tadqiqot ishlarini  tashkil etish asoslari
 6. Sog’lom turmush tarzi asoslari
 7. Tibbiyotdagi ilmiy tadqiqot ishlarining metodologik muommolari
 8. Ibn-Sino Tib qonunlari
 9. Dalillarga asoslangan xalq tabobati usullari
Kafedrada magistratura yo`nalishi bo`yicha talabalar taxsil oladi. 

  Joriy 2020-2021 o‘quv yilida kafedrada jami: 9 nafar, shundan 5 nafar professor-o‘qituvchilar (1 nafar fan doktori) asosiy ish o‘rinlarida, 2 nafar tashqi va 1 nafar ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar. Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 20%. Tashqi va ichki o‘rindoshlar bilan 11,1 % ni tashkil etadi. Hozirda kafedrada ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4666-sonli Qaroriga binoan o’zlarining PhD, DSc dissertatsiyasi mavzulari ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedrada ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash rejasiga muvofiq 14.00.33-jamiyat salomatligi. Sog’liqni saqlash menejmenti ixtisosligi bo’yicha 3-kurs tayanch-doktorantlar N.S.Matxoshimov hamda D.Y.Astanakulovlar t.f.d. E.Z.Isaqov ilmiy rahbarligida tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar hamda olingan ilmiy-tadqiqot natijalari bo’yicha respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqola va tezislar chop ettirildi. Mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda kafedra mudiri t.f.d. E.Z.Isaqov ilmiy rahbarligida mustaqil-izlanuvchi X.O.Mamarizaev “Farg’ona viloyati aholisining o’lim darajasi va kelgusi umrning o’rtacha davomiyligini tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusida  ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari kafedra assistenti G.M.Mamatxanova ilmiy rahbar t.f.d. S.I.Ismoilov rahbarligida “Sog’liqni saqlashning  birlamchi bo’g’inida tibbiy hisob hujjatlarini maqbullashtirish (Farg’ona shahar oilaviy poliklinikalari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi OAK Byulletenining 2020/3-sonida e`lon qilindi va dissertatsiyasini bajarish uchun mustaqil izlanuvchilar institutiga qabul qilinib, xozirgi kunda reja asosida topshiriqlarni bajarib kelmoqda.

     

Mamatxanova Gulnora Maxmudovna – kafedra assistenti, vrach gigienist epidemiolog. 1976 yilda Namangan viloyati Pop tumanida tug’ilgan. 1999 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019 yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Assistent G.M.Mamatxanova t.f.d. S.I.Ismoilov rahbarligida “Sog’liqni saqlashning  birlamchi bo’g’inida tibbiy hisob hujjatlarini maqbullashtirish (Farg’ona shahar oilaviy poliklinikalari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi OAK Byulletenining 2020/3-sonida e’lon qilindi va dissertatsiyasini bajarish uchun mustaqil izlanuvchilar institutiga qabul qilingan. 2021yil sentabr oyidan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. E-mail: gulnora_statist@inbox.ru  Telefon raqami: +99 890 634-81-39

 

Aripov Asliddin Maxmudovich – kafedra assistenti, vrach umumiy gigienist epidemiolog. 1980 yilda Farg’ona viloyati Rishton tumanidan tug’ilgan. 2003 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishini tamomlagan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2003 yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Assistent Aripov A.M.“Медико-социалные аспекты реформы и оптимизации здравоохранения  в Ферганской области” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. E-mail: asliddin-ari’ov@mail.ru  Telefon raqami: +99 897 271-21-90