Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Tibbiyot ta’limida zamonaviy yondashuvlar

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirilgan viloyatdagi tibbiyot texnikumlari va kasb-hunar maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning amaliy-tibbiy bilimlarini mustahkamlash hamda pedagog-kadrlarga metodik ko‘mak berish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda 2026-yil 27-yanvar kuni Farg‘ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tibbiyot texnikumida viloyat miqyosidagi amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan “Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish” ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi.

Seminarda Farg‘ona viloyati Kasbiy ta’lim agentligi hududiy boshqarmasi vakillari, Institutning akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova, “Xalq tabobati va farmakologiya” kafedrasi mudiri O.Xolikova va o‘qituvchisi G‘.Qayumov, “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi mudiri M.Ashurova, shuningdek viloyatdagi tibbiyot texnikumlari rahbarlari hamda o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida “Terapiya” fanidan ochiq dars o‘tkazilib, sun’iy intellekt asosidagi innovatsion ta’lim yondashuvlari amaliy misollar orqali namoyish etildi. Muhokamalar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–316-sonli qaror ijrosi doirasida texnikumlarda xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, xorijiy tillarni biladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Seminar yakunida ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda metodik hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.