Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

...

   Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash bo'lib o'tdi. Ilmiy kengashning bu galgi mavzusi yil sarhisobiga bag'ishlandi. Dastlab institutimiz rektori Sidikov Akmal Abdikaharovich Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti "O’zbek tili, xorijiy tillar va pedagogika kafedrasi" ingliz tili o’qituvchisi Irodaxon Iminaxunovani 2021 yil Qozog'istonda o'tkazilgan Xalqaro forum doirasida 2ta nominatsiya bo'yicha erishgan yutuqlari bilan chin dildan tabrikladi. Shundan so'ng, o'tgan oy davomida respublika va xalqaro miqyosda o'tkazilgan ilmiy-amali anjumanlarda, tibbiyot fan olimpiadalarida hamda "O'zbekiston uchun 100 g'oya" respublika marafonida munosib ravishda ishtirok etib fahrli o'rinlarni egalagan talablarni e'tirof etdi va ularni butun institut jamoasiga tanishtirdi. Quvonarlisi o'tkazilgan barcha tanlov va konferensiyalarda institutimiz talabalari yuqori o'rinlarni egallagan, xalqaro darajadagi fan olimpiadalarida oltin medal sohibi bo'lishdi. Institutimiz rektori ularning g'alabalari bilan samimiy qutlab ular institutimiz faxri deya ta'kidlab. Shu o'zida 15 nafar talabaga eng so'ngi rusumdagi planshetlarni sovg'a tariqasida berdi, shu bilan birga talabalarning ota-onalariga o'z minnatdorchiligi aks ettirilgan tashakkurnomalarni ham taqdim etdi. Talabalarimiz hamda institutimizning iqtidorli va malakali mutaxassislari tomonidan erishilgan oliy mukofotlar albatta kishi qalbida faxr, iftixor xislarini uyg'otadi. Yil sarhisobiga sifatida o'tkazilgan ushbu yeg'inda, e'tirof etilgan sovrin va g'alabalar barchani birdek mamnun etdi.