Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

...

Bugun Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari ishtirokida “Turli holatlarda birinchi yordam koʼrsatish tamoyillari” mavzusida ilmiy - amaliy anjuman bo'lib o'tdi Anjuman institut Pediatriya kafedrasi “Аnesteziologlar-reanimatologlar va intensivistlar klubi" tashabbusi bilan Qizil yarim oy jamiyati Farg’ona viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda nafaqat Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari balki, Andijon davlat tibbiyot universiteti talabalari ham ishtirok etdilar. Dastlab, Pediatriya kafedrasi professor-o’qituvchilari hozirda tibbiyotda dolzarb hisoblangan mavzularda ma’ruza qildilar. Ular tomonidan berilgan tushunchalar va aniq ko’rsatmalar faollar zalida yig’ilgan barcha talabalar uchun foydali mahorat darsi bo’ldi. Shundan so’ng, Andijon davlat tibbiyot universitetining “Life support team” jamoasi o’tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, faoliyatlari davomida olib borgan amaliy ishlari haqida taqdimot qildilar va mavzudan chetlashmagan holda, birinchi yordam ko’rsatish tamoyillarini amaliy tarzda namoyish etdilar. Ushbu jamoaning anjumandagi ishtiroki, har bir qatnashchining o’z vazifasini sidqi dildan bajarishi barchaga na’muna bo’ldi. Anjumanda ishtirok etish istagida bo’lgan talabalar soni anchayin salmoqli bo’ldi. Ular orasidan eng yaxshilari saralab, tanlab olindi va  jami 17 nafar talaba o’zi tayyorlagan ma’ruza va prezintatsiyalar bilan ishtirok etdi.  Har bir qatnashchi uchun 10 daqiqa vaqt berildi. Talabalar mulyaj va ko’ngilli ishtirokchi yordamida birinchi yordam ko’rsatish amaliyotini bajardilar. Talabalar ushbu amaliy jarayonni izchillik va puxtalik bilan amalga oshirdilar. Shu orqali esa o’zlarining egallab kelayotgan ilmiy bilimlarini faqat nazariya bilan cheklanib qolmayotganligini isbotlab berdilar. O’tkazilgan ushbu anjuman institutimizda ta’lim jarayonining sifati ortib borayotganligi, talabalarimiz orasida esa kelgusida aniq reja va maqsad sari intilayotgan yoshlar soni ortib borayotganligining yorqin dalili bo’ldi.