Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

...

Bugun Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Pokistonlik mashxur alloma, shoir va olim Muhammad Iqbolning tavallud kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xalqaro fakultetida tahsil olayotgan pokistonlik talabalar ishtirokida bo'lib o'tdi. Pokistonlik talabalar faxr va iftixor bilan to'lqinlanib Muhammad Iqbol haqida nutq so'zladilar hamda uning asarlaridan namunalar keltirdilar, she'rlaridan parchalar o'qib eshittirdilar. Shuningdek, tadbirda pokiston milliy kuy-qo'shiqlari yangradi. Talabalar qo'shiq kuylab, pokiston milliy raqslarini ijro etdilar. Vatanga bo'lgan buyuk xurmat, sog'inch va ehtirom xislari yo'g'rilib turgan ushbu tadbir yeg'ilganlarga birdek manzur bo'ldi. Dastur yakunida, tadbirda faol ishtirok etgan talabalar e'tirof etilib, ularga diplom va sertifikatlar topshirildi.