Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 400-01-14

info@fjsti.uz

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

...

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Greenmetrics UI” xalqaro nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida e’tirof etildi.

Joriy yilning 13 dekabr kuni Indoneziyaning “Greenmetrics UI” xalqaro reyting agentligining 2022 yil uchun butun dunyo oliy ta’lim muassasalari bo’yicha reyting natijalari e’lon qilindi. Quvonarlisi, ushbu reytingda O’zbekistondan 2020 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan yangi tashkil etilgan Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o’rin oldi. Institut 6 ta yo’nalishi bo’yicha 5205 ball to’plab, 642-o’rinda qayd etildi. Ushbu yutuq tufayli Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyoning top universitetlari qatorida e’tirof etilishi uchun katta qadam tashladi. Eslatib o’tamiz, “Greenmetrics UI” reytingi xalqaro nufuzli reyting hisoblanib, har yili 6 ta yo’nalish bo’yicha TOP-1000 universitetlarning reytingini e’lon qiladi. Unda institut infrastrukturasi, “yashil tabiat”ni tashkil etishdagi o’rni, ta’lim sifati, professor-o’qituvchilarning ilmiy - tadqiqot faoliyatiga alohida e’tibor qaratiladi.

https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2022/