Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 400-01-14

info@fjsti.uz

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

...

Xabaringiz bor  institut rektori boshchiligidagi delegatsiya Kuban davlat  tibbiyot universitetida bo`lib qaytgan. U yerdagi yaratilgan tibbiyot mutaxassislari uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan video lavha tayyorlangan. Kuban davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Nikolaevich 100 yillik tarixga ega universitetni barcha sharoitlari morfologik markaz, anatomiya  sektori makropreparatlarni tayyorlash markazlari bilan tanishtirdi. Kuban davlat  tibbiyot universitetining uchinchi  kuni universitet rektori Sergey Nikolayevich, institut  delegatsiyasini universitetda judda chiroyli tarixiy ta`mirlash ishlari olib borilayotgan universitet hududlarini, qurilishga qaramay faoliyat olib borayotgan morfologik  va anatomiya seksiyalari faoliyati bilan tanishtirdi.  Eslatib o`tish joizki  u yerdagi ko`rilgan tibbiyot jihozlardan yuqori va yangi ko`rinishga ega bo`lgan  tibbiyot jihozlari Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga xarid qilinib, navbat bilan olib kelinib, hozirda institut kafedralariga o`rnatish  loyihalari ketmoqda. Bu talabalar uchun yangi o`quv yiliga  esdalik sovg`asi bo`ladi. Tashrif chog`ining 4 kuni institut rektori  Akmal Abdikaxarovich Kuban davlat tibbiyot universitetining dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasiga tashrif buyurdi.  Ushbu kafedra professori Tlish Marina Aleksandra institut vakillarini ko`tarinki ruxda kutib oldi, tashrifda kafedra tarixi, o‘qituvchilari va talabalari bilan tanishtirdi. tashrif vaqtida universitet professorlari bilan ko`tarinki  suxbat olib borildi, uchrashuv davomida universitetining dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasiga rektor A.Sidikov muallifning xohish-istaklari bilan "Dermatoonkopatologiya" kitobimini taqdim etdi  eslatib o`tish kerakki muallif kitobining  so`nggi nusxadagi  kitobi ushbu universitetga tarixiy esdalik sifatida topshirildi.

Batafsil ma`lumot:  https://t.me/ferghana_medical_institute