Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Sud hokimyati

  

  2022 yil  20 iyun kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shaxar sudi hamkorligida Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professor o`qituvchilari, shifokorlar ishtirokida davra suxbati bo`lib o`tdi.  Davra suxbatida Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shaxar sudi sudyasi K.Raximov, yordamchisi A. Erkaboev., institut Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo’limi boshlig`i B.Kazakovlar ishtirok etishdi. O`tkazilgan yig`ilishda  Jamiyatda  huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar targ`iboti, Korrupsiyaga qarshi kurashish  va uni oldini olish, Odam savdosini oldini olish bo`yicha  amalga oshirilayotgan targ`ibot ishlari  tog`risidida instituit muraxassis kadr shifokorlariga tushunchlar berib o`tildi. 

  Yigi`lishda so`zga chiqqan JIB Farg`ona shaxar sudi sudyasi, K.Raximov Odam savdosi jinoyati bo`yicha to`xtalib o`tib: Jumladan XX asr oxirlariga kelib, odam savdosi butun insoniyatga qarshi asosiy taxdidlardan biri bo`lib qolganligini, Odamdan ekspluatatsiya maqsadlarida foydalanish bilan bog`liq jinoyatlar oshib borishi tendensiyasi bunday  ijtimoiy xavfli qilmishlar oxiri o`ibatida jamiyatning demokratik negizlariga tajovvuz qilishi bilan villiy xavfsizlikka ham tahdid soladi deb ta`kidlab o`tdi.

  Bundan tashqari sudya K.Raximov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi  davlat dasturlarini va boshqa dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda, ushbu sohadagi qonun ijodkorligi faoliyatida hamda tibbiyot xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish, aholi o`rtasida jamiyatda huquqiy  ongni, huquqiy madaniyatni  yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targi`botga doir faoliyatni amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshirish, korrupsiyaga imkon beruvchi  va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga ham to`xtalib o`tdi.

  Jinoyatlarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar to`grisida  to`xtalib o`tib , jumladan mamlakatimizda  fuqarolarning  huquq va erkinlikalrini, qonun  ustuvorligini ta`minlash yo`lida qator ishlar amalga oshirilganligi, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi  davlat siyosati darajasiga ko`tarilganligi,  turli ko`rinishdagi jinoyatlarni o`sib borayotganligi, uni oldini olishda nafaqat sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki har bir mehnat jamoasi ham mas`ul ekanligi alohida ta`kidlanib o`tildi.

 Shuningdek jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash borasida targ`ibot ishlarini kuchaytirish, talabalar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat uchun jazo muqarrarligi va uni oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish, jinoyatchilik yo`liga kirishga moyil talabalarni  to`gri yo`lga solish yuzasidan tegishli  chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozimligini aytib o`tdi hama yig`ilsh qatnashchilarini berilgan savollariga javoblar berildi. Bundan keyin ham sud huquq masalalari yuzasidan  ko`proq davra suxbatlari o`tkazib turilishi yigilish qatnashchilari tomonidan qo`llab quvvatlandi.

Fikr qoldiring

Comments (0)

    No comments found.