Yil talabasi-2025

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ilmiy, madaniy va tashkiliy faoliyatga keng jalb etish maqsadida “Eng faol yil talabasi” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda institutning turli fakultet va yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 23 nafar iqtidorli talaba 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Har bir ishtirokchi o‘zining bilim darajasi, ijtimoiy faolligi, yetakchilik qobiliyati hamda ilmiy va tashabbuskorlik salohiyatini namoyon etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan taqdimotlar, loyiha ishlanmalari, ijtimoiy tashabbuslar, sahna chiqishlari va interaktiv savol-javoblar namoyish etildi. Tanlov jarayonlari institut rahbariyati, dekanlar, yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar hamda professor-o‘qituvchilardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — talabalarning intellektual salohiyatini, yetakchilik fazilatlarini va jamoatchilik faolligini aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda ta’lim jarayonida o‘zini namoyon etish imkonini yaratishdan iboratdir. Tanlov yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha eng faol va tashabbuskor talabalar g‘olib deb topildi hamda ular keyingi viloyat bosqichida institut sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar. Bu kabi tanlovlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, ularni raqobatbardosh va yetakchi mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi"
Humoyunmirzo G'anijonov;
"Yilning eng faol targʻibotchi talabasi"
Jamshidbek Usmonov;
"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi"
Sarvinozxon Ahmadjonova;
"Yilning eng faol sportchi talabasi"
Muxlisaxon Keldiyorova;
"Yilning eng faol iqtidorli talabasi"
Saydillo Akbarov.

Русский
English