Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

XOTIRA MANGU - QADR ABADIY

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida rektor boshchiligida taniqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Muhammadjon Qoraboyevning xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Institut rektori, Akmal Sidikov va  institut professor-o'qituvchilari marhum ustozning ilmiy faoliyatini yodga olib, ta'lim sohasiga qo'shgan hissalarini e'tirof etishdi. Shuningdek, marhum professor faoliyat olib borgan kafedraga xotira lavhasi o‘rnatildi. 


Vatan rivoji  va ilm yo‘lida sarflangan umr
Muhammadjon Qoraboyev – Vatan ravnaqi, ilm-fan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida o‘z umrini bag‘ishlagan ulkan olim, pedagog va tashkilotchi. U fizika-matematika fanlari doktori, professor va Axborot Texnologiyalari Xalqaro Akademiyasining akademigi edi. 1942-yil 8-martda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1963-yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1969-yilda Moskva pedagogika institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1978-yilda fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1977-1987-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Issiqlik fizikasi ilmiy tadqiqot institutiga rahbarlik qilgan. 1991-yilda Farg‘ona politexnika instituti rektori, keyinchalik Respublika Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1994-yilda Farg‘ona davlat universitetini tashkil etgan va unga rektorlik qilgan. 1992-1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan va oliy o‘quv yurtlariga qabulda test tizimini joriy etishga hissa qo‘shgan.

Keyinchalik, 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti Farg‘ona filialida kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2022-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi institutida kafedra mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Uning tashabbusi bilan Farg‘ona davlat universiteti qoshida tibbiyot fakulteti tashkil etilgan. Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazi Farg‘ona filialida "EXTERNET" bo‘limi ochilgan. 250 dan ortiq ilmiy maqola va 30 dan ortiq ixtiro muallifi.

Ustozning ko‘plab shogirdlari respublikaning turli sohalarida faoliyat yuritmoqda. M.Q.Qoraboyevning xotirasi uning shogirdlari va hamkasblari qalbida abadiy saqlanib qoladi.