Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro tashrif-Xalqaro xamkorlik

Xitoyning Dazhou delegatsiyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif buyurdi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Dazhou Vocational and Technical College hamda Jingkeming Education Technology (Chongqing) Co., Ltd. kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya tarkibida Dazhou Vocational and Technical Collegening Klinika tibbiyoti kolleji partiya va ma’muriyat bo‘limi direktori, dotsent Jing Xiaoli, shu kollej dotsenti Liu Xiaoqin, Reabilitatsiya o‘qitish va tadqiqot markazi direktori Tu Jiang, An’anaviy Xitoy tibbiyoti o‘qitish va tadqiqot bo‘limi direktori Zuo Ye, shuningdek, “Jingkeming Education Technology (Chongqing) Co., Ltd.” kompaniyasining bosh menejeri o‘rinbosari Fu Zengzheng va dasturlar koordinatori Xu Shiyu ishtirok etdilar.

Delegatsiya institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, ta’lim jarayonini takomillashtirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, delegatsiya tarkibidagi Dazhou Vocational and Technical College talabalari — Dong Fenghua, Ju Zhuoxi, Tan Wei, Wang Kunyu va Xiang Xuanhong institutning o‘quv binolari, klinik amaliyot markazlari hamda zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif yakunida mehmonlar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ilmiy va ta’limiy faoliyatini yuqori baholab, kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish borasida o‘z istaklarini bildirdilar.