Xalqaro hamkorlik Festivali
"Fergana Fest": Farg‘onada madaniyatlar mushoirasi va talabalar do‘stligi bayrami
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Xalqaro fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Fergana Fest” festivali institut hayotida yorqin va unutilmas sahifa bo‘ldi. Tadbirda turli davlatlardan kelib, mazkur oliygohda tahsil olayotgan xorijlik talabalar faol ishtirok etishdi. Festival doirasida milliy urf-odatlar, an’anaviy kiyimlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar orqali har bir xalqning boy madaniy merosi namoyish etildi.
Mazkur festival nafaqat madaniy ko‘rgazma, balki talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar, o‘zaro hurmat va bir-birining qadriyatlariga hurmat ruhini mustahkamlovchi muhim ijtimoiy-madaniy maydonga aylandi. Festival doirasida talabalarning milliy taomlari taqdim etilib, har bir ishtirokchi boshqa xalqlarning tamaddi madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Festivalda ijro etilgan rang-barang san’at namunalari, raqslar va madaniy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi. “Fergana Fest” nafaqat talabalarning iste’dodini yuzaga chiqaruvchi sahna, balki institutdagi ko‘p millatli va ko‘p madaniyatli muhitning yorqin timsoli sifatida ham e’tirof etildi.