Xalqaro hamkorlik
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Xitoyning Lin-gang Medical Device Innovation Center mutaxassislari tashrif buyurdi.
Bugun Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Xitoyning Lin-gang Medical Device Innovation Center mutaxassislari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni oliygoh rahbariyati kutib olib, oliygohda talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishtirdi. Tashrif davomida Lin-gang Medical Device Innovation Center vakillari tibbiyot sohasidagi ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan o'rtoqlashish niyyatida ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, mutaxassislar o‘z tajribalari, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni oʻzlashtirishdagi amaliy bilimlari bilan boʻlishdi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish va o‘quv dasturlarini yanada boyitish yuzasidan kelishuvlarga erishdilar. Institut talabalari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ushbu tashrif, o‘zaro tajriba almashuv orqali yurtimiz tibbiyoti rivojiga muhim hissa qo‘shadi.