Ustoz va murabbiylar kuni
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Ustoz va murabbiylar kuni” keng nishonlandi. Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlab institut professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari uchun “Afrosiyob” majmuasida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur marosimda Fargʻona viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari, ustoz va murabbiylar, faxriy mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida institut rektori, professor Akmal Sidikov soʻzga chiqib, ustoz va murabbiylarni samimiy tabrikladi. Oʻz nutqida u ustozlikning buyuk qadriyat ekani, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda pedagoglarning fidoyiligi va mashaqqatli mehnati beqiyos ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, professor Akmal Sidikov viloyat hokimining maxsus tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Bayram davomida kasbiga sadoqatli va jonkuyar professor-oʻqituvchilarga pul mukofotlari uchun sertifikatlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.