Tezroq, balandroq, kuchliroq
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti xorijlik talabalari o‘rtasida mini futbol, badminton va voleybol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda talabalarning o‘zaro do‘stona munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvlar jonli, qizg‘in va nihoyatda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Har bir sport turi o‘ziga xos shijoat va ijobiy raqobat muhitida kechdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlar hamda maxsus kuboklar bilan taqdirlandi.
Bunday tashabbuslar nafaqat sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etadi, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini yaratishga ham xizmat qiladi.