Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yo‘riqnomasi-2025
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash
Beshta yo‘nalish tanlash majburiymi?
Tanlovda ishtirok etish uchun abituriyent kamida bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi shart. Lekin qolgan yo‘nalishlarni tanlash ixtiyoriy. Ya’ni, abituriyent xohlasa ikkita, xohlasa uchta, yoki to‘rta yo‘nalish tanlashi mumkin. Hech qanday holatda «aynan beshta yo‘nalishni tanlash shart» degan qoida mavjud emas. Bu faqatgina maksimal chegara bo‘lib, imkoniyat sifatida berilgan. Tanlovda qatnashuvchilar o‘z xohishi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qancha yo‘nalish tanlashlarini mustaqil hal qilishlari mumkin.
Maqsadli yoki maqsadsiz tanlov — bularning farqi nimada?
Abituriyent ariza topshirayotganda ikki xil tanlov turi mavjud:
Maqsadli qabul — ma’lum hudud uchun ajratilgan maxsus kvota.
Maqsadsiz (umumiy) qabul — barcha abituriyentlar uchun umumiy tanlov.
Maqsadli qabul nima?
Bu — hukumat tomonidan har yili tasdiqlanadigan maxsus o‘rinlar bo‘lib, ayrim viloyat yoki tumanlarda mutaxassis yetishmasligi sababli beriladi. Masalan, shifokorlar, o‘qituvchilar, veterinariya mutaxassislari kabi kasblarga talab yuqori bo‘lgan hududlarga qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratiladi.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Shu hududda doimiy ro‘yxatda (propiska) bo‘lganlar.
Shu hududdagi maktab yoki kollej bitiruvchilari.
Boshqa viloyatda yashaydigan yoki boshqa joyda o‘qiganlar bu kvotada qatnasha olmaydi.
Kvotalar qanday taqsimlanadi?
Maqsadli kvota o‘rinlari mutaxassisliklar bo‘yicha ajratiladi va hududlar kesimida taqsimlanadi. Abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ikkita imkoniyatga ega bo‘ladi:
-
Hududiga ajratilgan maxsus kvotada ishtirok etish.
-
Umumiy tanlovda ham qatnashish.
Agar maqsadli kvotada yetarli ball olsa — grant asosida o‘qishga kiradi. Agar yetmasa — umumiy tanlov reytingiga qo‘shiladi.
Afzalliklari:
Raqobat umumiy tanlovga nisbatan pastroq.
Ko‘pincha kamroq ball bilan grant yutish mumkin.
O‘qishni tugatgach, o‘z hududida ish topish osonlashadi.
Majburiyatlari:
O‘qishni boshqa OTMga ko‘chirish (perevod) mumkin emas.
Diplom olgach, kamida 5 yil o‘sha hududda ishlash shart. Aks holda, davlat sarflagan grant xarajatlarini qaytarish kerak bo‘ladi.
Maqsadli qabul — o‘z hududida ishlashga tayyor, yuqori ball olishiga unchalik ishonchi bo‘lmagan abituriyentlar uchun yaxshi imkoniyat. Ammo qaror qabul qilishdan oldin, 5 yil davomida shu hududda ishlashga tayyormisiz — shuni o‘ylab ko‘rish kerak.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun
QOʻSHIMCHA KVOTALAR:
Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti
Tanlov ustivorligi nima?
Abituriyentlar tanlov bosqichida fanlar majmuasiga mos 5 tagacha yo‘nalishni, istalgan OTM va ta’lim shaklini (kunduzgi, masofaviy, kechki) hamda tanlov ustuvorligini (grant yoki yo‘nalish ustuvorligi) tanlashi mumkin.
Yo‘nalishlar soni majburiy emas — xohlagancha (1–5) tanlanadi.
Ta’lim shakllarini aralashtirib tanlash mumkin (masalan, 2 ta masofaviy, 2 ta kunduzgi, 1 ta kechki).Tanlovni tanlov bosqichi tugaguncha o‘zgartirish mumkin, faqat ustuvorlikni keyin o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Ustuvorlik tanlash bo‘yicha tavsiya:
Agar grant asosida o‘qish muhim bo‘lsa — grant ustuvorligini tanlang.
Agar ma’lum yo‘nalishga kirish muhim bo‘lsa — yo‘nalish ustuvorligini tanlang.