Navro'z bayrami
Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Institutida Navro'z bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi. Bayram tadbirida taniqli san'atkorlar, professor-o'qituvchilar, mehmonlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ular bahor bayramining nafasini his qilib, o'zbekona kuy-qo'shiqlar, laparu o'lanlar va jozibador raqslar bilan xalq sayllarini nishonlashdi.