Mandat Internatura-2025
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2025–2026-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar o‘rtasida davlat tomonidan ajratilgan to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari taqsimoti bo‘yicha umumiy tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov institut qabul komissiyasi tomonidan adolat va shaffoflik tamoyillari asosida ko‘rib chiqildi hamda tasdiqlandi. Talabalar uchun ajratilgan grant o‘rinlari, yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimot va o‘qishga qabul qilinganlarning to‘liq ro‘yxati institutning rasmiy veb-sayti e’lon qilindi.
Grant asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayonini samarali davom ettirish maqsadida zaruriy sharoitlar, o‘quv-uslubiy materiallar va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2025/2026-o'quv yilida boʻlib oʻtgan Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ning imtihon mandat natijalari.
Internatura qabul komissiyasi-2025