Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Innovatsion ko‘rgazmali usullar amaliyotda

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish va talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda institut tarkibidagi asosiy kafedralar tomonidan ta’limga oid zamonaviy metodik yondashuvlarni namoyon etuvchi innovatsion o‘quv ko‘rgazmalarining taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida dars jarayonlarida samarali foydalanish uchun mo‘ljallangan ilg‘or texnologiyalar, vizual materiallar, interaktiv maketlar, o‘quv simulyatorlari, multimediyaviy vositalar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘llanmalar namoyish etildi. Har bir kafedra tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar nafaqat talabalarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi, balki darslarni didaktik jihatdan boyituvchi vosita sifatida taqdim etildi.

Tanlov asosida baholangan ushbu ko‘rgazmalar ichidan eng namunali, innovatsion va talabalarning faol ishtirokini ta’minlovchi ishlanmalar saralab olindi. Ular institutning o‘quv rejalari asosida olib boriladigan dars jarayonlariga muntazam tatbiq etilishi tavsiya etildi.

Mazkur tashabbus talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, klinik tafakkurni rivojlantirish va nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash malakasini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, bu yondashuv o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi ikki tomonlama interaktiv munosabatni mustahkamlab, ta’lim jarayonining ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslanishini ta’minlaydi.

Taqdimot jarayonida professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarining amaliy tajribalari asosida taklif va mulohazalarini bildirdilar. Talabalarning ushbu ko‘rgazmalarga bo‘lgan qiziqishi esa ularning ta’limga nisbatan motivatsiyasi va ongli yondashuvining oshganidan dalolat berdi.

Xulosa qilib aytganda, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida joriy etilgan ushbu tashabbus tibbiy ta’limni zamonaviy innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishga xizmat qilib, xalqaro talablarga mos keluvchi, yetuk, malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.