Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Deputat va talaba yoshlar uchrashuvi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Salimova Manzura Alimovna Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, sogʻliqni saqlash, ta’lim va ilm-fan sohalariga qaratilayotgan e’tibor hamda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Talabalar deputat bilan ochiq muloqotda boʻlib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv jarayonida yoshlarga ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik ruhida yetuk kadr boʻlib kamol topish, ilmiy izlanishlarga intilish va mustaqil fikrlash borasida tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida institut jamoasi deputatga tashrifi va talabalar bilan ochiq muloqoti uchun minnatdorchilik bildirdi.